«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fani turizm sohasida talim olayotgan talabalar uchun mutaxassislik fani sifatida ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar turizm sohasida ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil etish texnika va texnologiyasi haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

Ushbu fan dasturi ekskursiya xizmatlarini tashkil etishning asosiy tushunchalarini yoritishga qaratilgan.

«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarni mamlakatimizning boy tarixiy merosi, ekologik-rekreatsion maskanlari, ishlab-chiqarish ob’ektlarida,ziyoratgohlarda sifatli, xavfsiz ekskursiya xizmatlarini  tashkil etish hamda egallangan bilimlar bo`yich ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir.

Fanning asosiy vazifalari ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda talabalarga fan bo`yicha o`qitiladigan asosiy mavzulari va ularning mohiyatini o`zlashtirish, fanning boshqa fanlar bilan bogliqligini aniqlash va ekskursiya ishini rivojlantirish masalalari, ekskursiya maqsadi, vazifalari va mazmuni, ekskursiyaga qo‘yilgan talablar, ekskursiyaning asosiy va individual matnini tayyorlash, ekskursiyaning texnologik haritasini tuzish, ekskursiyani olib borish texnikasi, ekskursiya rahbari-gidga qo‘yilgan talablar va uning nutq madaniyati, O‘zbekistonning tarixiy-arxitektura va ekologik-rekreatsion ekskursiya maskanlari, turizmdagi asosiy va maxsus turlar haqida chuqur bilimlarni egallash hisoblanadi.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va  malakalariga qo‘yiladigan talablar:

Ekskursiya rahbari-gidga qo‘yilgan talablar, ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish usullari, ekskursiya xizmatida ob’ektlarni hikoya qilish usullari haqida tasavvurga ega bo’lishi kerak;

- Ekskursiyaning maqsad va vazifasi, ekskursiyani tayyorlash texnologiyasini, ekskursiya marshrutini tuzishni, ekskursiya matnini tayyorlashni, O‘zbekistonning ekskursiya resurslari turlari, joylashuvini  bilishi va ulardan foydalana olishi kerak.

- Ekskursiya ob’ektlarini tanlashni, ekskursiyani olib borish texnikasini, turizmda maxsus turlarni yaratishni, ekskursiya marshrutida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish, O‘zbekistondagi ekskursiya ob’ektlaridan  samarali foydalana olish haqida malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.