2021-01-09 1
Bo‘limning funksional vazifalari
- magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilish;
- magistratura mutaxassisliklarini zaruriy darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlash, bu ishga etuk olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ilmiy sohani rivojlantirish;
- magistratura talabalari tomonidan ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
- magistrlarni o‘qitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
- byudjet asosida ta’lim olgan magistratura talabalarini ishga taqsimlash borasida mehnat bozoridagi ish o‘rinlari to‘g‘risida axborot bankini yaratish, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
– magistraturaga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- o‘quv reja va dasturlarda ko‘zda tutilgan o‘qitishning hamma shakllari (ma’ruza, laboratoriya, amaliyot, seminar va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari turlari) bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish;
- magistrlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy tadqiqotlar olib borishga zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonini tashkil qilish;
- tasdiqlangan reja asosida ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, innovatsion loyihalar, grantlar va boshqalar bo‘yicha ishlarni olib borish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- magistrlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga yo‘llash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishini muvofiqlashtirish;
- magistrlarning malaka amaliyotlari, loyihalari (ishlari), magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek, ularning mustaqil ishlarini sifatli tashkil etilishini nazorat qilish;
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqishni tashkil qilish va o‘quv jarayoniga joriy etish;
- har xil shakldagi xalqaro hamkorliklar, o‘zaro axborotlar almashinuvini rivojlantirish, konferensiyalarda, ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etish;
- magistrlik dissertatsiyalarining mavzularini ko‘rib chiqish va ularning ishlab chiqarish hamda ilm-fan muammolarini xal etishga yo‘naltirilishini ta’minlash;
- magistrlar bilimini reyting tizimi bo‘yicha nazorat qilishni tashkil etish, natijalarini tahlil qilish, uni takomillashtirish choralarini ko‘rish;
- magistrlarni auditoriyadan tashqari ishlarini asosan ijod qilish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, ilmiy to‘garaklarda qatnashishga yo‘naltirish;
- o‘rnatilgan tartibda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘kuv reja, dasturlar hamda dars jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish;
- magistratura uchun darsliklar, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlashni tashkil etish;
- iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni turli tanlovlarda, shu jumladan Prezident stipendiyasi tanlovlarida ishtirok etishga tayyorlash;
- magistratura bitiruvchilari bilan tizimli, doimiy aloqalarni tashkil etish hamda ular faoliyatining doimiy monitoringini olib borish.