SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

Yetakchilarni saylang!!!

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

Yetakchilarni saylang!!!

2020-09-25 2087
O’zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, 2020-2021-o’quv yiliga tayyorlash, talabalar orasidan shijoatli, g’ayratli, yetakchilik qobiliyatiga ega bo’lganlarini aniqlash, yangi o’quv yili uchun yetakchilarni demokratik tamoyillarga asoslangan holda saylovlarni o’tkazish maqsadida joriy yilning 6-7-oktabr kunlari guruh yetakchilari, 10-15-oktabr kunlari fakultet yetakchilari, 21-22-oktabr kunlari institut yetakchisi saylovlari o’tkaziladi. Ushbu saylovlarda faol ishtirok etishingiz so’raladi. Quyida sizga saylov o’tkazish tartibi bilan qisqacha tanishtirib o’tamiz. Saylov o’tkazish tartibi: Guruh yetakchisini saylash Guruh yetakchisini saylashda guruh rahbari tomnidan telegram ijtimoiy tarmog’ida guruh raqami bilan nomlangan alohida guruh ochiladi va barcha talabalar mazkur guruhga a’zo bo’ladi. Yetakchilikka nomzodlar o’zining dasturlarini mazkur guruhda tushuntirib boradi. Saylov kuni guruh rahbari tomonidan anonim so’rovnoma shakllantiriladi va ovoz beriladi. So’rovnoma ertalab soat 8:00 dan kechki soat 20:00 ga qadar davom etadi. Eng ko’p ovoz olgan ishtirokchi mazkur guruh yetakchisi etib saylanadi. Ushbu so’rovnomada faqatgina guruh talabalari ishtirok etishlari mumkin bo’ladi. Guruh yetakchisi bir yil muddatga saylanadi. Fakultet yetakchisini saylash Har bir fakultet dekanining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari tomonidan telegram ijtimoiy tarmog’ida fakultet nomi bilan nomlangan alohida guruh ochiladi va barcha talabalar mazkur guruhga a’zo bo’ladi. Yetakchilikka nomzodlar o’zining dasturlarini mazkur guruhda tushuntirib boradi. Saylov kuni fakultet dekanining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari tomonidan anonim so’rovnoma shakllantiriladi va ovoz beriladi. So’rovnoma ertalab soat 8:00 dan kechki soat 20:00 ga qadar davom etadi. Eng ko’p ovoz olgan ishtirokchi mazkur fakultet yetakchisi etib saylanadi. Ushbu so’rovnomada faqatgina mazkur fakultet talabalari ishtirok etishlari mumkin bo’ladi. Fakultet yetakchisi ikki yil muddatga saylanadi. Institut yoshlar yetakchisini saylash Institut o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori tomonidan institut rasmiy telegram kanalida saylov e’lon qilinadi. Yetakchilikka nomzodlar o’zining dasturlarini mazkur guruhda tushuntirib boradi. Saylov kuni institut o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori tomonidan anonim so’rovnoma shakllantiriladi va ovoz beriladi. So’rovnoma ertalab soat 8:00 dan kechki soat 20:00 ga qadar davom etadi. Eng ko’p ovoz olgan ishtirokchi institut yetakchisi etib saylanadi. Ushbu so’rovnomada faqatgina mazkur fakultet talabalari ishtirok etishlari mumkin bo’ladi. Saylovda institut talabalarining 33 foizidan kami qatnashgan saylov o’tmagan deb topiladi. Institut yetakchisi bir yil muddatga saylanadi.
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
+2
°
C
H: +
L: -1°
���������
�����, 29 ������
������� �� ������
�� �� �� �� �� ��
+ + +10° +11° + +
-1° + + + -1°
TUG`ILGAN KUNINGIZ BILAN!
Aminov Zarif Yusupovich
Ibragimov Ibodulla Xasanovich
Mardonov Baxodir Baxronovich
Berdimurodov Azizjon Shukrilloyevich
E`LONLAR
2020-11-03 1070
2020-11-03 997
2020-09-26 3799
ENG KO`P O`QILGAN YANGILIKLAR
2020-04-17 9831